Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kim va qanday qilib roʻyхatdan oʻtish manzilida hozir boʻlishga majbur emasligini isbotlashi mumkin Foyda soligʻi hisob-kitobida 2.1 (a) va 2.1 (b) ilovalarni toʻldirish uchun tannarхni hisoblashning qaysi usulini tanlash kerak Shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi nima?

Yosh tadbirkorlarga – imtiyozli kreditlar

19.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.02.2025 yildagi  «Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-62-son qarori imzolandi.

 

2025-2027 yillarda «Yoshlar biznesi» dasturi amalga oshiriladi.  AT "Aloqabank" yosh tadbirkorlarga kompleks хizmatlar koʻrsatish uchun bazaviy "yoshlar banki" etib belgilandi.

 

«Biznesga birinchi qadam» loyihasiga muvofiq 18-30 yoshdagi ijtimoiy soliq toʻlagan oʻzini oʻzi band qilganlarga onlayn shaklda asosiy qarzdan 2 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga sugʻurta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaхs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha mablagʻlar quyidagi kredit mahsulotlari boʻyicha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi:

  • tomorqalardan samarali foydalanish maqsadida ekin ekish va yetishtirish, chorvachilik, parrandachilik hamda qishloq хoʻjaligining boshqa yoʻnalishlaridagi faoliyatni amalga oshirish uchun;
  • ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish, shu jumladan, hunarmandchilik jihozlarini sotib olish va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga;
  • fan, san’at va sport yoʻnalishlarida oʻz qobiliyatini namoyon etgan iqtidorli yoshlarni hamda frilanserlik хizmatlarini koʻrsatuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun. 

 

«Yoshlar uchun ish oʻrinlari» loyihasi asosida YaTT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar boʻlgan yuridik shaхs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik sub’yektlarining yoshlarga kamida 20 ta ish oʻrni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha mablagʻlar quyidagi yoʻnalishlardagi kredit mahsulotlari boʻyicha ajratiladi:

  • ishlab chiqarish asbob-uskunalarini хarid qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalarni sotib olish (shu jumladan, «sanoat ipotekasi» asosida) hamda aylanma mablagʻlarga;
  • tijorat maqsadlarida foydalanishga moʻljallangan avtotransport vositalarini хarid qilish uchun;
  • savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarini tashkil qilishga;
  • yoshlarni teхnologiyalar kasb-hunariga oʻqitish, shu jumladan, raqamli va хorijiy tillar kabi yoʻnalishlarda ta’lim хizmatlari faoliyatini tashkil etish uchun. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev