Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

07.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli hujjatlar Prezident tomonidan 30 iyun, Yoshlar kunida imzolandi (30.06.2020 yildagi PF–6017-son Farmon va PQ–4768-son qarorga qarang).

 

Yoshlar ishlari agentligi – yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Agentlikning boshqarmalari, tumanlarda (shaharlarda) boʻlimlari tashkil etiladi.

 

Yangi idoraning vazifalari norma ijodkorligi, tarbiyaviy va ma’naviyat ishlarini amalga oshirish, yoshlar huquqlarini himoya qilish, хorijda bilim olishiga, ishga joylashishiga, biznesini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va boshqalardan iborat. Bunda Agentlik:  

a) oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar uchun majburiydir;

b) davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha NHH va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan soʻrov yuborish huquqiga ega;

v) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf  etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

g) quyidagilar kelishiladi: 

  • davlat qarashli va davlat ulushi ishtirokidagi oliy oʻquv yurtlarida yoshlar bilan ishlash filiallarining prorektor yoki direktor oʻrinbosarligiga nomzodlar (lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish);
  • yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan NHH loyihalari.

 

Agentlik tuzilmasida quyidagilar faoliyat yuritadi:

  • Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining yoshlarga oid koʻrsatuvlarni tayyorlash yoʻnalishida faoliyat yurituvchi OAV va nashriyotlardagi ulushchlari negizida tashkil etilgan «Yoshlar media xoldingi» AJ;
  • Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, uning tuzilmasi yangilanadi va vazifalari belgilanadi.

 

Yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi va uni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Dasturda yoshlar loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, turli oʻquv, ijodiy va amaliy tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Agentlik tomonidan maktablarda musiqa, sport va IT-toʻgaraklar tashkil etiladi, kutubхonalar badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

 

Yoshlar oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish hamda ularni ijtimoiy hayotga jalb etish maqsadida quyidagilar tuziladi:

  • haq toʻlanadigan jamoat va mavsumiy ishlar bilan shugʻullanadigan fidoyi yoshlar otryadlari;
  • yozgi ta’til vaqtida haq toʻlanadigan qurilish ishlariga jalb etiladigan oliy oʻquv yurtlari talabalaridan tashkil etiladigan yoshlar qurilish otryadlari;
  • qarovsiz va yolgʻiz keksalarga yordam koʻrsatish, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqarolarga koʻmaklashish, shuningdek tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan ishlash uchun koʻngilli yoshlardan iborat volontyorlik guruhlari.   

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab «Yoshlar–kelajagimiz» jamgʻarmasi oʻzining, shu jumladan filiallari tuzilmasi va shtatini mustaqil belgilash huquqiga ega boʻlgan NNT sifatida qayta tashkil etiladi. Tegishincha, keyingi yildan boshlab jamgʻarma tadbirlarni moliyalashtirish, davlat dasturi doirasida ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun subsidiya va kompensatsiyalar berish bekor qilinadi. Banklar tomonidan bozor tamoyillari asosida kreditlar rasmiylashtiriladi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi. Bu yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan summasi 2 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlariga taalluqli boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.