Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tugatilayotgan korхonaning chet ellik ta’sischisi bilan qanday hisob-kitob qilish kerakQimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi

21.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 14.02.2025 yildagi  «Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-60-son qaror imzolandi.

 

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etildi.

 

Biznes loyihalarni saralash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya qilish hamda Jamgʻarma faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkordan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kengash tuzilmoqda.

 

Kengash a’zolari tarkibining kamida 30% yosh tadbirkorlar orasidan shakllantiriladi; Kengashga Yoshlar ishlari agentligi direktori raislik qiladi

 

Hujjat bilan Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari roʻyхati tasdiqlanmoqda. Instrumentlar orasida – imtiyozli kreditlar,qarz va kompensatsiyalarni toʻlab berish mavjud. Toʻliq roʻyхat bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

 

Sobir Nurberdiyev