Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi tasdiqlandi

05.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2023 yildagi  “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 267-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish Konsepsiyasi tasdiqlanmoqda. Unga koʻra yosh boʻyicha guruhlardan kelib chiqqan holda tadbirlar 5 ta bosqichda amalga oshiriladi:

  • I bosqich–  3–7 yosh;
  • II bosqich– 7–10 yosh;
  • III bosqich – 11–17 yosh;
  • IV bosqich– 18– 21 yosh;
  • V bosqich  – 22  – 30 yosh.

 

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash  doirasida ular uchun turli musobaqalar, koʻrgazmalar va ma’sul tizim va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtiriladi.

 

Shuningdek:

  • yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish uchun хududiy shtablar tashkil etiladi;
  • harbiy хizmatchilar tomonidan mahallalarda tashviqot ishlari olib boriladi;
  • “Vatan himoyasi” yoshlar va oʻsmirlar harakati hamda harbiy qismlarda Yoshlar ittifoqini faoliyati takomillashtiriladi;
  • Uyushmagan va huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar uchun “Harbiy qismda bir kun“ kabi tadbirlar oʻtkaziladi;
  • “Vatanparvar” tashkilotlarida ochiq eshiklar kun oʻtkaziladi;
  • sogʻlom turmush tarzi, yot gʻoyalar va jinoyatchilikka qarshi kurashni targʻib qiluvchi hujjatli va badiiy filmlar namoyish etiladi.

 

Shuningdek, хujjat bilan asosiy 6 ta yoʻnalish boʻyicha 36 ta chora-tadbirlarni qamrab olgan  konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.