Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati uzaytirildi

14.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.04.2022 yildagi 178-son qarori bilan VMning 2.03.2017 yildagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 116-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni almashtirish muddati ularning berilgan vaqtiga qarab uzaytirildi.

 

Xususan haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar:

  • 2010 yilga qadar berilgan boʻlsa –  2023 yil 31 martgacha;
  • 2010–2012 yillarda berilgan boʻlsa – 2023 yil 30 iyungacha;
  • 2013–2015 yillarda berilgan boʻlsa – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilgan boʻlsa – 2023 yil 31 dekabrgacha almashtirilishi zarur.

 

Yuqorida koʻrsatilgan muddatlarda almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2022 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.