Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Etil spirti faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi

23.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6263-son Farmon imzolandi.

 

Hujjatda belgilanishicha, iste’mol etil spirti, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi. 7.11.2006 yildagi «Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-505-son qarorning 1-bandi 3-хatboshisiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2021 yildan kuchga kirdi.                                                                                                                

 

Nargiza Vohidova.