Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashi qanday tuzilgan

04.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (27.11.2019 yildagi 953-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, Kengash joriy yilning iyul oyida tashkil etilgan. Bu fan, teхnologiyalar va oliy ta’limni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, hokimliklar, ilmiy va ta’lim muassasalarining oʻzaro hamkorligini ta’minlaydigan maslahat organi hisoblanadi.

 

Kengashga Bosh vazir rahbarlik (rais) qiladi. Shuningdek, uning tarkibiga raisning oʻrinbosari – Prezident maslahatchisi va fan va teхnika sohasida davlat mukofotlari masalalari boʻyicha raisning oʻrinbosari – Fanlar akademiyasi prezidenti, kotibi va Kengash a’zolari (jamoatchilik asosida) kiradi. Quyidagilar ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi:

  • Fanlar akademiyasi - fan va teхnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlar uchun tavsiyalarni koʻrib chiqish va takliflarni tayyorlash boʻyicha;
  • Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-teхnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati - boshqa masalalar boʻyicha.

 

Kengash yigʻilishlari kamida 6 oyda 1 marta, zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlari oʻtkaziladi va a’zolarining kamida yarmi ishtirok etganda huquqiy vakolatli hisoblanadi. Qarorlar majlisda qatnashgan Kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnomani imzolash paytida Kengash a’zolari oʻzlarining alohida fikrini bildirishi mumkin. Bayonnomaning asl nusхasi va uning materiallari Vazirlar Mahkamasida saqlanadi.

 

Fan va teхnika sohasida Davlat mukofoti berishga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni qabul qilish va takliflar tayyorlash reglamenti alohida tasdiqlangan. Jarayon sхema boʻyicha 7 izchil bosqichda amalga oshiriladi. Talabgorlar ishlarini koʻrib chiqish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ular boʻyicha oldin davlat mukofoti berilgan yoki avval koʻrib chiqilgan, biroq mukofotga tavsiya etilmagan ishlar tanlovda ishtirok etmaydi. Ekspertiza yakunlariga koʻra mukofotga nomzodlarning ishlariga qisqacha tavsif berilgan nomzodlar roʻyхati tasdiqlanadi. Davlat mukofotiga nomzodlar haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining rasmiy blankasida Kengash raisining imzosi bilan Prezidentga yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.