Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Fargʻona vodiysida istiqbolli biznes-loyihalarni topish bilan shugʻullanadilar

02.07.2019

Rus tilida oʻqish

«SFI Management Group» XK MChJ boshqa investorlar bilan birgalikda «Vodiy Investments» investitsiya kompaniyasi va «Vodiy Investments Management» boshqaruv kompaniyasini tashkil etadi (VMning 28.06.2019 yildagi 542-son qaroriga qarang).

 

Birinchisi asosan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida boshqaruv kompaniyasi tomonidan jalb qilingan malakali investorlarning pul mablagʻlarini keyinchalik sanoat tarmoqlari, хizmat koʻrsatish sohalari, infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli biznes-loyihalarga, shuningdek, biznesning aylanma kapitalini moliyalashtirishga sarflash uchun shakllantiradi va jamlaydi.

 

Boshqaruv kompaniyasi koʻrsatilgan viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda moliyalashtirish va baholash uchun istiqbolli biznes-loyihalarni topish bilan shugʻullanadi.

 

“Investitsiya kompaniyasi”, “boshqaruv kompaniyasi”, “malakali investor” tushunchalari va ularning faoliyati hamda hamkorligi haqida bu yerda oʻqish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.