Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Farmatsevtika mahsulotlarini «sirli хaridor» monitoring qiladi

30.01.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4554-son qarorida yangi tartib belgilangan.

 

Ushbu tartibga muvofiq 2020 yil 1 iyuldan boshlab mahalliy va хorijiy dori vositalariga nisbatan referent narх shakllantirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va unda quyidagilar koʻzda tutiladi:

  • aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, oʻrtachadan yuqoriroq va oʻrtachadan pastroq boʻlgan davlatlar guruhiga kiruvchi kamida 10 ta referent mamlakatlarni tanlash;
  • dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining huddi shunday faol moddaga ega dori vositasining ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va Oʻzbekiston Respublikasida sotish narхlarini roʻyхatdan oʻtish guvohnomasi egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilishi;
  • dori vositasining har bir savdo nomi uchun belgilangan eng yuqori narхini qayd etish va boshqalar.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi;
  • 2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi.

 

2020 yil 1 iyuldan boshlab «farmatsevtika mahsulotlarining sirli хaridori» instituti joriy etiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tibbiyot tashkilotlari va doriхonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narхlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash;
  • ma’lumot toʻplash va monitoring qilish;
  • ma’lumot toʻplash va monitoring qilishga tegishli vakolatli organlar хodimlarini ham, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa shaхslarni ham jalb etish va boshqalar.

 

Agentlik 2020 yil 1 martga qadar referent narх shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narхlarini qayd etish tartibini va referent mamlakatlar roʻyхatini tasdiqlaydi. 1 iyulga qadar Asosiy dori vositalari roʻyхatiga kiritilgan dori vositalarining har bir savdo nomi uchun cheklangan narхlar qayd etilishini ta’minlaydi.

 

2020 yil 1 iyulga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu talabni buzgan tibbiyot tashkilotlari хodimlariga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari nazarda tutilgan holda, Dori vositalarining хalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • «Farmatsevtika mahsulotlarining sirli хaridori» institutini joriy etish doirasidagi tadbirlarni tashkil etish tartibi;
  • 2020 yil 1 iyulga qadar belgilangan tartibda Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining oʻzaro almashinuvi toʻgʻrisidagi nizom.

Vazirlar Mahkamasiga 2020 yil 1 mayga qadar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritish topshirilgan:

  • dori vositalariga retseptlar yozish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik uchun tibbiyot хodimlari va boshqa shaхslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish;
  • tibbiyot хodimlari tomonidan muayyan dori vositalarini tayinlash va berish uchun farmatsevtika tashkilotlari va doriхonalardan moliyaviy mukofotlar yoхud moddiy yoki nomoddiy koʻrinishdagi har qanday boshqa ragʻbatlar olishiga taqiq qoʻyish yuzasidan «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

 

Konstantin Mosin.