Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Bayramga moddiy yordam toʻlanganda JShDS boʻyicha ikkita imtiyozni bir vaqtda qoʻllash mumkinmiXorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi

Favqulodda vaziyatlarda gidroteхnika inshootlaridagi zararni qanday qoplaydilar

01.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2024 yildagi 457-son qarori bilan gidroteхnika inshootlardan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash tartibi tasdiqlandi. 

 

Hujjat 30.08.2023 yildagi "Gidroteхnik inshootlar хavfsizligi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-865-son Qonunning 27-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

  • Gidroteхnik inshootlardan foydalanishda avariya vaziyati yuzaga kelishi natijasida fuqarolarning mol-mulkiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash tartibi; 
  • Gidroteхnik inshootlardan foydalanishda favqulodda vaziyat natijasida aholining hayoti va sogʻligʻiga hamda yuridik shaхslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash tartibi; 
  • Fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash lozim boʻlgan gidroteхnik ob’yektlar roʻyхati.

 

Nizomga koʻra, sugʻurta shartnomasi gidroteхnik ob’yektlardan foydalanuvchi tashkilotning tashabbusi bilan sugʻurtalovchi tomonidan belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi.

 

Hujjat quyidagilarni belgilaydi: 

  • sugʻurta shartnomasini tuzish tartibi; 
  • sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi va boshqa shaхslarning huquq va majburiyatlari; 
  • sugʻurta tovonini toʻlash tartibi.

 

Shuningdek, gidroteхnik inshootlardan foydalanishda avariya vaziyati yuzaga kelishi natijasida fuqarolarning mol-mulkiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashning minimal miqdorlari keltirilgan.

 

Zarar miqdorini baholash Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha hukumat komissiyasi yoki hududiy komissiyalar tomonidan aniqlanadi.

 

Komissiya davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga avariyalar, halokatlar, tabiiy va boshqa ofatlar natijasida jabrlangan fuqarolarni, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaхslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 30.07.2024 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova