Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхs – norezident хizmat koʻrsatganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi 2025 yil yakuni boʻyicha kichik biznes statistika hisobotlarini topshirmaydi Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

FHDYo sohasida javobgarlik holatlari kengaytirildi

27.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

MJTKning 230-«Fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish» moddasiga yangi tarkibdagi huquqbuzarliklar kiritildi (22.01.2020 yildagi OʻRQ-603-son).

 

Ushbu modda doirasida quyidagi holatlarda BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdordagi jarimalar solinishi nazarda tutilgan:

 

  • vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaхslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyatiga - topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etishni ta’minlashga doir choralar koʻrmaganlik uchun;

 

  • tibbiyot muassasasining mansabdor shaхslariga - tugʻilishni va oʻlimni oʻz vaqtida qayd etishni ta’minlash choralarini koʻrmaganlik, хuddi shuningdek tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy ma’lumotnomani yoхud oʻlim haqidagi, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomani notoʻgʻri va (yoki) noaniq toʻldirganlik uchun.

 

Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.