Vazirlar Mahkamasining 15.01.2018 yildagi 26-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma).
Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarma Prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ-3225-son qarori bilan tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi – kichik tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy yordam koʻrsatish (sharhga qarang).
Jamgʻarma tomonidan ular boʻyicha kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kafillik va foizlar boʻyicha хarajatlarga kompensatsiya taqdim etiladigan kreditlarning chegaralangan summasi endi soʻmda belgilanadi (quyidagi jadvalga qarang).
Jamgʻarma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga koʻrsatiladigan moliyaviy yordam turi
|
Uning doirasida moliyaviy yordam koʻrsatiladigan tijorat banki kreditining eng yuqori summasi
|
Kreditlar boʻyicha kafillik |
2 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdorda.
Ilgari – 500 ming AQSh dollaridan oshmaydigan miqdorda (MB kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblaganda material e’lon qilingan paytda – 4 mlrd soʻmdan ortiq).
|
Kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash |
4 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdorda.
Ilgari – 1 mln AQSh dollaridan oshmaydigan miqdorda (MB kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblaganda material e’lon qilingan paytda – 8 mlrd soʻmdan ortiq). |
Shu bilan birga moliyaviy yordam olish taomilining alohida bosqichlari muddatlari kamaytirildi. Xususan, Jamgʻarma kompensatsiya va kafillik olish boʻyicha bankdan kelib tushgan hujjatlarni 3 ish kuni mobaynida oʻrganadi (ilgari kreditlar boʻyicha foizlarni qoplash uchun hujjatlar 7 kun, kafillik olish boʻyicha esa 10 kun tekshirilar edi). Umuman olganda, moliyaviy yordam koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilgunga qadar barcha tadbirlarning umumiy muddati kamaytirildi:
- kompensatsiya olish uchun – 1 haftaga;
- kafillik olish uchun – 10 kunga.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova.