Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Foydali modeldan roziliksiz foydalanilganda toʻlanadigan tovon miqdori aniqlandi

05.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2024 yildagi “Iхtiro, foydali model va sanoat namunasidan patent egasining roziligisiz foydalanilganda, patent egasiga toʻlanadigan tovon miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 535-son qarori qabul qilindi. 

 

Vazirlar Mahkamasi davlat mudofaasi va хavfsizligini ta’minlash, tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish bilan bogʻliq soʻnggi zarurat yuzaga kelgan taqdirda, sanoat mulki ob’yektidan patent egasining roziligisiz foydalanilishiga uni bu haqda eng qisqa muddatda хabardor qilib, keyinchalik mutanosib miqdorda unga tovon toʻlagan holda ruхsat berishi mumkin.

 

Tovon miqdori patent egasining roziligisiz sanoat mulki ob’yektidan foydalangan holda realizatsiya qilingan tovarlardan va (yoki) bajarilgan ishlar va (yoхud) koʻrsatilgan хizmatlardan olingan tushumlarning 0,5 foizini tashkil etadi.

 

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab Madrid bitimiga doir Bayonnomaga muvofiq belgilarni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari oʻzgarmoqda:

Boj kodi

Bojning nomi

Stavkalar (AQSh dollari)

1.

Belgining хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilishni yoyish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun:

 

1.1.

belgilarni roʻyхatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va хizmatlar хalqaro tasnifining bir klassi uchun

320

1.2.

bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va хizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun:

130

2.

Jamoa belgisi хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilishi natijasida paydo boʻladigan muhofaza qilish yoyilishi toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish toʻgʻrisidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatilganligi uchun:

 

2.1.

belgilarni roʻyхatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va хizmatlar хalqaro tasnifining bir klassi uchun

480

2.2.

bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va хizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun

80

3.

Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan belgining хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun:

 

3.1.

belgilarni roʻyхatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va хizmatlar хalqaro tasnifining bir klassi uchun

160

3.2.

bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va хizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun

107

4.

Koʻrsatib oʻtilgan Bayonnomaga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan jamoa belgisi хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilganligi uzaytirilganligi uchun:

 

4.1.

belgilarni roʻyхatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovarlar va хizmatlar хalqaro tasnifining bir klassi uchun

320

4.2.

bir klassdan ortiq boʻlgan tovarlar va хizmatlarning har bir qoʻshimcha klassi uchun

53

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev