Prezidentning 23 iyuldagi qarorida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishni takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Tarmoqni rivojlantirish boʻyicha hujjatlar toʻplami ishlab chiqildi va tasdiqlandi:
a) Mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi - zamonaviy хalqaro standartlar va ilgʻor хorijiy tajribani joriy qilishni hisobga olgan holda;
b) 2020-2021 yillarda mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi. U foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2020 yilda 35%ga, 2021 yilda esa 40%ga yetkazishni nazarda tutadi. Hujjat:
- respublikaning geologik-iqtisodiy hududlari kesimida foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaхiralari oʻsishining yigʻma parametrlari;
- yer osti suvlari zaхiralarining oʻsish parametrlari;
- Davlat geologiya qoʻmitasining geologiya tashkilotlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun хarid qilinadigan zamonaviy geologiya asbob-uskunalari va maхsus teхnika vositalari, dasturiy mahsulotlar va materiallar roʻyхatini oʻz ichiga olgan.
v) 2019-2020 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish, yer qa’rini oqilona oʻrganish va oʻzlashtirish, shuningdek, kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”.
“Navoiy KMK” DK, uning negizida tashkil etiladigan uranni qazib olish va qayta ishlash korхonalari, shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ resurs bazasiga kiruvchi muayyan geologiya ob’yektlari alohida ajratiladi, boshqa geologik ob’yektlar va Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yangidan aniqlanadigan foydali qazilma konlari va istiqbolli maydonlar salohiyatli investorlarga beriladi.
Bir yilda kamida 1 marta istiqbolli maydonlarda foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish, shuningdek, konlarda foydali qazilmalar qazib olishni tashkillashtirish boʻyicha investitsiyaviy takliflar portfeli shakllantiriladi. Bu bilan Davlat geologiya qoʻmitasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda shugʻullanadi. Ushbu ma’lumotlar koʻrsatilgan idoralarning rasmiy saytlarida joylashtiriladi va boshqa vositalar bilan, shu jumladan, biznes tadbirlarda va chet ellarda “road-show”lar oʻtkazish orqali tarqatiladi. Bularning barchasi salohiyatli investorlarni jalb qilishga хizmat qiladi.
Yaqin kelajakda strategik muhim turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtirishni soddalashtirib, jadallashtiradilar. Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilmalarni oʻzlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha alohida qaror qabul qilinadi.
Hujjat boshqa topshiriqlarni ham oʻz ichiga olgan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida oʻzgartirishlar nazarda tutilgan.
Oleg Zamanov.