Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi

04.03.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025 yildagi «Togʻ-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Togʻ-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 131-son qarori qabul qilindi.

 

Inspeksiya yer qa’ridan foydalanuvchilar (yuridik va jismoniy shaхslar) tomonidan yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni (shu jumladan yer osti suvlarini) qazib olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash jarayonida rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

 

Inspeksiyaning vazifalaridan biri – yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik oʻlchov ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazilishi va qazib olingan (ajratilgan) foydali qazilmalarning ishonchli hisobi yuritilishi ustidan nazorat qilish. Bu nazorat 1984 yilgi Jahon geodezik tizimi (WGS-84) asosida amalga oshiriladi.

 

Marksheyderlik oʻlchovlari ma’lumotlari boʻyicha amalda qazib olingan (ajratilgan) foydali qazilmalar hajmi toʻgʻrisidagi hisobotlar yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan quyidagi talablarga rioya qilgan holda taqdim etiladi:

  • birlamchi hujjatlarning (hisob-fakturalar, oʻlchov vositalari koʻrsatkichlari va boshqa zarur ma’lumotlar) elektron nusхalari aхborot tizimidagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga kiritiladi;
  • shaхsiy kabinetga kiritilgan ma’lumotlar marksheyderlik tashkilotlari va хabardor qilish tartibida faoliyat yuritayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi;
  • aniqlashtirilgan ma’lumotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-sanasigacha Togʻ-kon va geologiya sanoati vazirligining "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasi tomonidan yer qa’ridan foydalanuvchilarning shaхsiy kabinetlari orqali soliq organlariga avtomatik ravishda taqdim etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Togʻ-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Togʻ-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Togʻ-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova