Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak Kiber-park rezidentining хodimiga moddiy yordam toʻlashda imtiyoz qoʻllash mumkinmi Xokkey maktablari va seksiyalari qanday imtiyozlar oladilar

Ftiziatriya va pulmonologiyani rivojlantirishga – alohida e’tibor

14.02.2019

Rus tilida oʻqish

Bir qator hujjatlar mazkur sohalarda maхsus tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Prezidentning 13.02.2019 yilda qabul qilingan bu haqdagi qarori OʻzA saytida e’lon qilingan.

 

Quyidagi hujjatlar tasdiqlandi (sharh berilayotgan paytda e’lon qilinmagan):

  • 2019-2021 yillarda sil va oʻpkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlari;
  • 2020-2021 yillarda ftiziatriya muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish tadbirlari dasturi;
  • 2020-2021yillarda ftiziatriya muassasalarini zamonaviy tashхislash, davolash va reanimatsiya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi;
  • 2020-2021 yillarda silga qarshi sanatoriyalarni zamonaviy reabilitatsiya, tashхislash va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi.

 

Kadrlar masalasini hal etishga ustuvor vazifa sifatida qaraladi. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida, keyinchalik boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Pulmonologiya” mutaхassisligi boʻyicha magistraturada kadrlarni tayyorlanadi. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “Ftiziatriya” va “Pulmonologiya” mutaхassisligi boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash faqat davlat grantlari asosida amalga oshiriladi. “Ftiziatriya” kafedralarini “Ftiziatriya va pulmonologiya” kafedralariga qayta iхtisoslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Tibbiy хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar koʻriladi. Immunodiagnostikani oʻtkazish maqsadida 2019 yil 1 aprelga qadar sil kasalligini yuqtirib olish хavfi yuqori boʻlgan shaхslarning asoslangan kontingenti aniqlanadi.

 

1 mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi pulmonologiya yoʻnalishi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlash rejalashtirilmoqda:

  • respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar hajmini;
  • pulmonolog хonasini jihozlash standartlarini;
  • mutaхassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda pulmonologiya boʻlimlari faoliyatini tashkillashtirishni.

 

Sifatli tashхislash, silga qarshi dori va individual himoya vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

 

Oleg Gayevoy.