Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Fuqarolar yigʻini raislarining vakolat muddati besh yilgacha uzaytirildi

13.02.2025

Rus tilida oʻqish

11.02.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1027-son Qonun bilan fuqarolar yigʻini raislarini saylovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi takomillashtirildi.


Qonun bilan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi va "Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida"gi qonunlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • fuqarolar yigʻini raisining vakolat muddatini uch yildan besh yilgacha uzaytirish;
  • fuqarolar yigʻini raislarini boʻsh oʻrinlarga besh yil muddatga saylash;
  • fuqarolar yigʻini raislarini saylovini tashkil etish va oʻtkazishda koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlarini aniqlashtirish.

 

Mazkur Qonun fuqarolar yigʻini raislari faoliyatini va ularning saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda koʻmaklashuvchi komissiyalar ishini samarali tashkil etishga хizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

 

Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar saylangan fuqarolar yigʻini raislari oʻz vakolatlarini ular saylangan uch yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.

 

Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilingan va 12.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova