Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolar yigʻinlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

21.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 18.06.2021 yildagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 380-son qarorni qabul qildi.

 

"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi Qonunga, shuningdek, Prezidentning "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq namunaviy nizomlar tasdiqlandi:

  • “Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisida”;
  • “Fuqarolar yigʻini komissiyalari toʻgʻrisida”;
  • “Fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari toʻgʻrisida”;
  • “Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”;
  • “Fuqarolar yigʻinlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi toʻgʻrisida”.

 

Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • fuqarolar yigʻini vakolatlari va uning organlari;
  • fuqarolar yigʻini majlisini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi;
  • fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlarini saylash tartibi;
  • fuqarolar yigʻini faoliyati asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
  • fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vakolatlari;
  • fuqarolar yigʻini mas’ul kotibi vakolatlari;
  • fuqarolar yigʻini faoliyatining iqtisodiy asosi;
  • fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.

 

Bir oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida tegishli nizomlarni tasdiqlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.