Vazirlar Mahkamasining 24.07.2017 yildagi 537-son qarori bilan 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashхis qoʻyish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
U oʻz ichiga toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlarni oladi.
- yuqumli kasalliklarga tashхis qoʻyish, ular profilaktikasi va ularni davolash masalalari boʻyicha normativ bazani takomillashtirish;
- surunkali virusli gepatitlar profilaktikasi, ularga tashхis qoʻyish va ularni davolash chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish;
- Respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
- sogʻliqni saqlash tizimining yuqumli kasalliklar muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
Kompleks chora-tadbirlarni moliyalashtirishning umumiy hajmi 118,8 mlrd soʻm va 6,39 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Bundan tashqari, kelasi yili mamlakatda gepatologiya markazlari ochiladi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi Virusologiya ITI, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ITI hamda hududiy yuqumli kasalliklar kasalхonalari tuzilmalarida tashkil etiladi.
Gepatologiya markazlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- dispanser koʻrigidan va profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda aholini ommaviy tekshirishni tashkil etish maqsadida yuqumli kasalliklar va virusli gepatitlarning laboratoriya diagnostikasi samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi;
- epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyasi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularga tashхis qoʻyish va ularni davolash masalalari boʻyicha fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilashda, shuningdek tadqiqot natijalarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etishda qatnashadi;
- yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.