Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

“Gʻijduvon” EIZ kengaytiriladi, “Namangan” EIZ infratuzilma bilan ta’minlanadi

16.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bunga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi 670, 671-son qarorlarida aks ettirilgan.

 

Hukumat “Gʻijduvon” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik bildirdi. Unga Kogon shahri va Kogon tumanidan 200 gektar qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari kiritiladi. Qoʻshiladigan yerlar va ishtirokchilarning ishlab chiqarish maydonlari tashqi yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ulanadi.

 

2 oy muddatda “Gʻijduvon” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar. Tadbirkorlik sub’yektlari muntazam ravishda takliflar haqida хabardor qilinadi. Shuningdek, ularga EIZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashadilar.

 

“Gʻijduvon” EIZ direksiyasiga Kogon shahar hokimligi ma’muriy binosidan zarur inventarlar bilan jihozlangan хonalar ajratiladi.

 

Bundan tashqari, 2019-2021 yillarda “Namangan” EIZni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashning yigʻma dasturi ishlab chiqildi. Elektr-, gaz ta’minoti va optik-tolali aloqa tarmoqlarini qurish koʻzlanmoqda. Buning uchun 23 854,5 mln soʻm sarflash rejalashtirilayotir.

 

Yana shu yili “Namangan” EIZ hududida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, unga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini, shuningdek ichki koʻchalarni qurish va ta’mirlash loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishlari darkor. Qurilish-montaj ishlari 2020-2021 yillarda amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.219 yildan kuchga kirdi.