Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 358-son qarori qabul qilindi.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan oʻtish tartibi joriy etiladi.
Uning natijalariga koʻra abituriyentlarni kirish imtiхonlarining keyingi bosqichlariga - kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlariga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Qaror bilan Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.