Prezident tomonidan 11.02.2025 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-51-son Qaror imzolandi.
2025 yilda хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlarning moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha quyidagi maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi:
• davlat kafolati ostida jalb etiladigan kreditlar hisobidan 5,26 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirilishi;
• ta’minlanmagan kreditlar hisobiga 2,76 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni oʻzlashtirish;
• 6,17 mlrd AQSh dollari miqdoridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish.
Ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash boʻyicha Favqulodda shtab hamda hududiy shtablar tashkil etilmoqda.
Hujjat bilan Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev