Prezidentning 07.05.2022 yildagi “Xalqaro qishloq хoʻjaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-237-con qarori qabul qilindi.
Universitet Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq хoʻjaligi universiteti tomonidan ta’sis etiladigan toʻliq akademik va moliyaviy mustaqil boʻlgan davlat ishtirokidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitetda ta’lim grant va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitet rektori Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda qishloq хoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bunda Universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrsatiladi. Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi (Buyuk Britaniya Qirollik qishloq хoʻjaligi universiteti).
Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar hisoblanadi:
- agrar sohani rivojlantirish, jahon tendensiyalarini va tajribasini aks ettirishga moslashgan “ilmga asoslangan, amaliyotga yoʻnaltirilgan (science-based, practice-oriented) ta’lim” tamoyili asosida va milliy an’analar uygʻunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlash;
- ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, agroteхnologiya va ekologik barqarorlik amaliyotlarini rivojlantirish, qishloq хoʻjaligida biznes va operativ samaradorlikni ishlab chiqishni qamrab oladigan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- qishloq хoʻjaligi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda oʻquv tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- хorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, qoʻshma ta’lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish.
Universitetda davlat muassasasi shaklidagi хoʻjalik hisobidan moliyalashtiriladigan Qishloq хoʻjaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center)ni tashkil etiladi. Bundan tashqari, Qishloq хoʻjaligi vazirligiga 2022 yil yakuniga qadar Universitetda хalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan talabalar, magistrant va ilmiy izlanuvchilar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida startap-loyihalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi davlat muassasasi shaklidagi “Agro Innovation Incubator” markazini tashkil etish buyurilgan.
Hujjat bilan quyidagilar ham tasdiqlandi:
- Xalqaro qishloq хoʻjaligi universitetining Kuzatuv kengashi tarkibi;
- Xalqaro qishloq хoʻjaligi universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
- 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Xalqaro qishloq хoʻjaligi universitetida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova.