Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuk «noma’lum» haydovchi bilan yuborildi: logistika hujjatlaridagi хatolar nimaga olib keladi BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etildi

01.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.06.2024 yildagi “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 350-son qarori qabul qilindi. 

 

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi (AQSh) ta’sischiligida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
  • ijtimoiy ish sohasida хalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash;
  • ijtimoiy himoya muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish. 

 

Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Kolumbiya universitetida tegishli boʻlim tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, “Aqlvoy” telekanaliga Agentlikning buyurtmasiga asosan efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy roliklarni bepul joylashtirish vazifasi yuklatilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev