Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Har bir mahallada «mahalla nazorati» guruhi tashkil etiladi

26.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.09.2023 yildagi «Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishning zamonaviy shakllari joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 18 iyundagi 380-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 489-son qaror qabul qilindi.

 

Har bir mahallada «mahalla nazorati» guruhlari tashkil etiladi. Ularning maqsadi – quyidagilar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat:

  • normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar qabul qilinayotganda jamoatchilik fikrini inobatga olinganligi;
  • davlat idoralari tomonidan fuqarolar va yuridik shaхslarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaldagi qonunchilikka rioya etilishi;
  • davlat organlari, tashkilotlari, ularning mansabdor shaхslari tomonidan davlat хizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida bitimlar, shartnomalar va dasturlarni amalga oshirishdagi faoliyati;
  • hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faollari va profilaktika inspektori faoliyati.

 

Mahalla nazorati guruhi uning rahbari (mahalla raisi), oʻrinbosari, kotib va guruh a’zolaridan iborat.

 

Guruhga namunali hulqqa, katta hayotiy tajribaga ega (davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaхslaridan tashqari) fuqarolar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.

 

Guruh tashkil etilayotganda gender tengligi tamoyiliga rioya etilishi lozim. Shuningdek, uning tarkibiga nogironligi boʻlgan shaхslar kiritiladi.

 

Guruh a’zolari fuqarolar yigʻini tomonidan 5 yilga saylanadi.Mahalla raislariga davlat organlari va idoralariga, ularning mansabdor shaхslariga soʻrov yuborgan holda ularning faoliyatlariga oid masalalar boʻyicha tushuntirish va oʻz munosabatini bildirishni talab etish huquqi berilmoqda. Shu bilan birga, soʻrov fuqarolar yigʻini faoliyatiga oid boʻlishi lozim.

Soʻrovga javob muddati – 15 kun.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.