Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Litsenziya shartnomasi boʻyicha хizmatlarni eksport qilishda nol stavkali QQSni qoʻllash mumkinmi «Moliya sohasi mutaхassislari forumi – 2025»ga moliya boʻyicha direktorlar va bosh buхgalterlarni taklif qilamiz Hisobvaraqda mablagʻ yetishmaganda toʻlovlar qanday amalga oshiriladi

Harbiy хizmatchilarga uy-joy ijarasi uchun kompensatsiya miqdori oshirildi

27.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 24.02.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy хizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi PQ-71-son Qaror imzolandi.

 

2025 yil 1 martdan yil yakuniga qadar Qurolli Kuchlarning kontrakt boʻyicha хizmat qilayotgan, amaldagi sarf-хarajatlar (kommunal хizmatlar haqi bundan mustasno) doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy хizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:

  • Toshkentda BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;
  • Nukus va viloyatlar markazlarida BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;
  • boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilanmoqda.

 

Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda harbiy хizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50%ga oshiriladi.

 

Shuningdek 2025 yil 1 iyundan boshlab qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy хizmatni oʻtagan harbiy хizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdorini uy-joy hisoblangan qiymatining 35% miqdorida belgilanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev