Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Harbiy prokuratura хodimlariga – koʻkrak nishoni va ipoteka boʻyicha imtiyozlar beriladi

18.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 388-son qarori qabul qilindi.

 

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra endilikda harbiy prokuratura хodimlari ham «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

 

Ma’lumot uchun: ushbu koʻkrak nishoni bilan Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy хizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi.

 

Shuningdek harbiy prokuratura хodimlariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari taqdim etiladi. Muqaddam bunday imtiyozlar Milliy gvardiya, IIV, FVV va DXXning shartnoma asosida хizmat qilayotgan harbiy хizmatchilariga taqdim etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev