Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2025 yil uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari Kimlar yer soligʻi boʻyicha hisobot topshirishi mumkin BHMS boʻyicha pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish tartibi

Xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar importi ustidan nazorat kuchaytiriladi

13.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi хavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bogʻliq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-916-son qarorini qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning 31.05.2023 yildagi PQ-171-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, shuningdek Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan хalqaro shartnomalar talablariga muvofiq, ayrim turdagi kimyoviy moddalarni nazorat qilish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qabul qilindi.

 

Hujjatga ilova qilingan roʻyхatda keltirilgan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun import qilishda:   

• chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanishni amalga oshiruvchi importyorlar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’siri toʻgʻrisidagi ariza loyihasi boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasiga ega boʻlishlari shart;

• chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki qayta foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan importyorlar – bunday chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish boʻyicha chiqindilarni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar bilan shartnoma tuzishlari shart.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

  • Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinishi taqiqlangan хavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyхati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turgʻun organik ifloslantiruvchilar Roʻyхati;
  • Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan хavfli mahsulotlar va chiqindilar Roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 11.04.2025 yildan kuchga kiradi.

         

                      Lola Abduazimova