Tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 319-son qarorida nazarda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yildan milliy haydovchilik guvohnomasining va avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalari joriy etila boshlandi. Eski hujjatlarni 2017-2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgan edi.
Belgilangan muddatni yana bir yilga uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shu tariqa, 2021 yilning oхiriga qadar quyidagilarni almashtirish zarur:
- eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar;
- avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga - avtomototransport vositasini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda.
Koʻrsatilgan hujjatlarning eski namunalari 2022 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bunda, imtihon varaqasini yoki hududiy YXBB tasdiqnomasini va tibbiy ma’lumotnomani nafaqat eski “guvohnomalarni” yangilariga almashtirishda, balki yoʻqotilgan hujjatning oʻrniga yangisini olishda ham taqdim etish talab etilmaydi.
Shuningdek eslatib oʻtamiz, avtomototransport vositalarini oхirgi 12 oy davomida boshqarganlarning haydovchilik guvohnomalari imtihonlarsiz almashtiriladi. Biroq bu dalilni hujjat bilan tasdiqlash zarur. Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun quyidagilar tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:
- avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
- transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.