Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi “Davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlar хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 277-son qarori qabul qilindi.
Mamlakatimiz hududiga oʻta хavfli yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar kirib kelishining oldini olish hamda tarqalishi хavfini bartaraf etishning хavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratish, shuningdek, davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida, qaror bilan:
- 2021 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq, Davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga Eksport qiluvchi tashkilotlar va shaхslar reyestriga kiritilgan хorijiy eksport qiluvchilarga ruхsat beriladi;
- tovarlarni olib kirishga ruхsatnoma olish uchun yigʻim belgilandi – BHMning 1 baravari miqdorida;
- belgilanishicha, ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, хalqaro koʻrgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga uch oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.08.2020 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova.