Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 2570-1, 28.09.2020 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjat "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi va "Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutuvchi tuzatishlar kiritildi:
- Kliring tizimi ishtirokchilarining majburiyatlarini kengaytirish;
- Kliring tizimiga ulanish shartlari va хizmatlarni yetkazib beruvchilarning oʻzaro hamkorligi;
- Kliring tizimida toʻlovlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida vakillik hisobvaraqlaridagi likvidlikka doir talablarni bajarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan cheklov choralari;
- Kliring tizimida toʻlovlarni amalga oshirishda shakllantiriladigan elektron toʻlov hujjatining majburiy rekvizitlari.
Toʻlov хizmatlarini yetkazib beruvchilarning javobgarligi kuchaytirildi. Xususan, ular faqat foydalanuvchi arizasida koʻrsatilgan хizmatlarni taqdim etishlari shart. Yetkazib beruvchi elektron toʻlov hujjatida rekvizitlarning toʻliq aks ettirilganligi uchun javobgar boʻladi. Bundan tashqari, rekvizitlar va foydalanuvchining talablariga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emas.
Shu bilan birga hisob-kitoblarning yakunini chiqarish uchun vakillik hisobvaragʻining likvidligini ta’minlash zarur.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.