Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Hisobvaraqda mablagʻlar yetarli emas: ikkinchi navbatda nima hisobdan chiqariladi

21.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritildi (roʻyхat raqami 2342-10, 17.01.2020 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, taqdim etilgan talablarni qanoatlantirish uchun asosiy hisobvaraqda mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda pul-hisob-kitob hujjatlari  2-son kartotekaga kirim qilinadi, shundan keyin barcha toʻlovlar muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi (navbatdan tashqari, birinchi, ikkinchi yoki uchinchi navbatda, tahr.).

 

Tuzatishlar bilan ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajariladigan roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi. Unga quyidagilar kiritildi:

  • Davlat byudjeti hisobidan berilgan byudjet ssudasi, kredit liniyasi va ular boʻyicha hisoblangan foizlar;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar boʻyicha qarzlar va ular boʻyicha toʻlovlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.01.2020 yildan kuchga kirdi.