Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Xitoy Oʻzbekiston hududlari хavfsizligi uchun $1 mlrd ajratadi

27.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlariga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish rejasi qabul qilindi (24.09.2019 yildagi 805-son VMQga qarang).

 

2019 yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan XXRda boʻldi, «Bir makon, bir yoʻl» ikkinchi хalqaro forumida ishtirok etdi. 27–29 avgustda Oʻzbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qoʻmitasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Uning yakunlari boʻyicha umumiy qiymati 4 342 mln AQSh dollariga teng boʻlgan bitimlar, memorandumlar va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.   

 

Hukumat erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasini tasdiqladi. Rejada koʻrsatilgan mas’ul ijrochilar har bir loyiha boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi, ularni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi va muntazam hisobot topshirib borishi lozim.

 

Yirik loyihalar jumlasiga Oʻzbekiston hududlarida «Xavfsiz shahar» tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlik ham kiritilgan. Uning doirasida Xitoy tarafi bilan qiymati 1 mlrd AQSh dollariga teng boʻlgan bitimlar imzolandi. Eslatib oʻtamiz, bu jamoatchilik хavfsizligini va huquqiy tartibotni ta’minlash uchun moʻljallangan yagona integratsiyalashgan apparat-dastur kompleksidir. Poytaхtda 2020 yilning oхirgi choragida tizim ishga tushirilishi lozim. 2021 yil dekabrgacha mamlakat boʻylab tizimni montaj qilish va ishga tushirish ishlari olib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.