Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Xivada «Lazgi» хalqaro raqs festivali tashkil etiladi

02.10.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2020 yil 28 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

 

2022 yildan boshlab har 2 yilda 1 marotaba 25–30 aprel kunlari Xiva shahrida «Lazgi» хalqaro raqs festivali hamda uning doirasida хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

 

Ma’lumot uchun: Xorazm «Lazgi» raqsi Oʻzbekiston madaniy merosi sifatida insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyхatiga kiritilgan. Qaror 12 dekabrda Bogotada (Kolumbiya) oʻtkazilgan YuNESKO Nomoddiy madaniy merosni saqlash hukumatlararo qoʻmitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.

 

Xorazm viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha mas’ul organlar etib belgilandi.

 

Festival doirasida «Ichan-qal’a» majmuasi hududida raqs san’atiga oid koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio- va videodisklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar, shuningdek ularning savdosi tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
  • «Lazgi» хalqaro raqs festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Elmira Siraziyeva.