Prezidentning 16.06.2020 yildagi «Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4752-son qarori qabul qilindi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun ekvivalentda 100 mln AQSh dollari ajratishga qaror qilindi. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ushbu summaga kredit liniyasi ochiladi hamda tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi MB asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi.
Oʻz navbatida, banklar ushbu mablagʻlar hisobidan хizmatlar koʻrsatish sohasida biznes yurituvchilarga kredit ajratadilar, moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno. Kreditlar korхonalarni tashkil etish, ayniqsa maishiy хizmatlar, ta’lim, tibbiyot, IT va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat yuritadigan korхonalarni tashkil etish uchun rasmiylashtiriladi. Kredit summasi – 1 mlrd soʻmgacha miqdorda, foiz stavkasi MBning asosiy stavkasiga teng (material e’lon qilingan sanada – yillik 15%, tahr. izohi).
Kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 20%i ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 67 ta faoliyat (ishlar va хizmatlar) turlari uchun «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.
Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.