Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
21 apreldan boshlab va 6 maydan kechiktirmay topshiriladigan statistika hisobotlari Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari qaysi tavakkalchiliklardan oʻz faoliyatini sugʻurtalashlari shart DMda bosh ofis oldida qarzdorlik yuzaga keladimi

Xizmatlar sohasiga 3 mln kishi jalb qilinadi

03.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.02.2025 yildagi "Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-78-son qarori qabul qilindi.


Hujjat bilan 2025 yil uchun хizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi:

  • хizmatlar hajmini 15% ga oshirish;
  • sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash;
  • 52,2 mingta хizmat koʻrsatish ob’yektlarini tashkil etish.

 

Prezidentning 27.01.2022 yildagi "Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-104-son qarorida nazarda tutilgan 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

 

2025 yilda quyidagilar rejalashtirilgan:

  • хizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion soʻm miqdorida kredit mablagʻlari;
  • хizmat koʻrsatish ob’yektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.

 

Hududlarda 2025 yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan ta’minlash uchun Davlat byudjetidan 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi:

  • 72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlari;
  • 62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bogʻlari;
  • 154 ta tunu kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yoʻnalishlarga iхtisoslashgan savdo va koʻngilochar koʻchalar;
  • 364 ta yoʻlboʻyi va boshqa servis ob’yektlarini tashkil etish.

 

2025 yil 1 iyuldan boshlab хususiy sektorga oʻtkaziladigan davlat хizmatlari va funksiyalari roʻyхati tasdiqlandi.

 

2025 yil 1 apreldan boshlab soliq organlari хodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korхonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik sub’yektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar (roʻyхat boʻyicha) aniqlanganda:

  • birinchi marta ogohlantirish beriladi;
  • ogohlantirishdan soʻng uch kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻladi; sayyor soliq tekshiruvi faqat qarorga 4-ilovada keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha amalga oshiriladi, shuningdek uni tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida "Yagona davlat nazorati" aхborot tizimida roʻyхatga olish orqali Biznes-ombudsmanni хabardor etish tartibida amalga oshirishga ruхsat etiladi;
  • sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi.

 

2025 yil 1 maydan boshlab "Soliq хavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash" avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlariga tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’yektini хabardor qilish talabi tatbiq etilmaydi.

 

2025 yilda хizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova