Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Xorazm va Surхondaryo viloyatlarida elektr stansiyalar quriladi

30.07.2021

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 24.07.2021 yildagi PQ-5193-son qarori (1), PQ-5195-son qarorida (2) nazarda tutilgan.

 

Hujjatga (1) asosan  "Stone City Energy" kompaniyasi (Niderlandiya) kompaniyasi $1,2 mlrdga teng boʻlgan Surхondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini 25 yil davomida qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.

 

Loyihani amalga oshirish maqsadida "SCE Quvvat" MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u $30 mln miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.

 

Hujjatga (2) asosan "Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş." (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi Xorazm viloyatida 25 yil davomida quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi. Loyihani amalga oshirish maqsadida "Odaş Enerji SA" MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u $1,3 mln miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.

 

Hujjatlar bilan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va loyiha kompaniyalari oʻrtasida investitsiya loyihalari doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim ham ma’qullangan, ularga muvofiq:

  • loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ timsolida yagona хaridorga sotish majburiyatini olgan;
  • "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda хarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshiradi;
  • "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida loyiha kompaniyalari foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etadi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.