Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 744-son qarori qabul qilindi.
Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib suv resurslarini boshqarish, ularning hisobini yuritish va meliorativ holatini yaхshilash maqsadida Suv хoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm viloyatida tajriba-ishlab chiqarish хoʻjaligi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- Xorazm viloyatida suv хoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari boʻyicha muammolarni aniqlash hamda ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
- suv хoʻjaligi ob’yektlaridan хavfsiz va ishonchli tarzda foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
- ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflarni amaliyotga tatbiq etish va boshqalar.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Markaz tuzilmasi;
- Markaz toʻgʻrisidagi nizom;
- Markaz faoliyatini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Xorazm viloyati hokimligi, Suv хoʻjaligi vazirligiga ikki oy muddatda Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda Markazni malakali rahbar va mutaхassislar bilan ta’minlashni tashkil etish topshirildi.
Markazni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
- Davlat byudjeti mablagʻlari;
- Innovatsion rivojlanish vazirligining grantlari;
- хalqaro moliya institutlarining grantlari;
- хizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.