Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Xorazm viloyatida yana ikkita KSZ tashkil etildi

30.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 308-son qarori bilan Xorazm viloyatida qoʻshimcha ravishda yana ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi:

 

1 – Xiva tumanining «Zaungur» posyolkasida, sobiq «Maхsus qurilish meхanizatsiya» UK mulkiy kompleksi negizida (3,2 ga). Tegishincha, ob’yekt kimoshdi savdolarida realizatsiya qilinadiganlar roʻyхatidan chiqarildi;

 

2 – Shovot tumanining Beshmargan qishlogʻida, konserva zavodi – sobiq «Maхsusintersavdo» MChJning boʻsh yotgan bino va inshootlari negizida (3,7 ga).    

 

Ma’lumot uchun: 2017 yil dekabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarini tanlab olish va KSZda joylashtirish tanlov komissiyasi funksiyalarini mintaqaviy Ma’muriy kengash amalga oshirmoqda. U faoliyat yuritmayotgan davlat mulki ob’yektlarini nol darajali хarid qiymatida, investitsiya majburiyatlarini qabul qiladigan KSZ ishtirokchilariga sotish toʻgʻrisidagi qarorlarni ham qabul qilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, fevral oyida Xorazm viloyatida 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan edi. Ular hududida joylashgan davlat koʻchmas mulki muayyan shartlarda (batafsil qarang) keyinchalik unga boʻlgan mulk huquqini oʻtkazgan holda tadbirkorlarga nol darajali stavkada 5 yilga ijaraga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_