16 yoshdan kattalar va 16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun yangi anketa shakllari ishlab chiqildi va davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (22.05.2019 yilda 3161-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).
Amaldagi ariza-anketaning shakli 16 ta bandni oʻz ichiga olgan 4 varaqdan iborat boʻlib, unda koʻrsatilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarning aksariyati tegishli idoralarning ma’lumotlar bazalari orqali idoralararo ma’lumot almashish yoʻli bilan aniqlanishi mumkin.
Yangi anketa shakli 1 varaqda 11 ta banddan (16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun 9 ta banddan) iborat.
Endi shakldan oldingisida boʻlgan quyidagi bandlar chiqarib tashlandi:
- arizachining yaqin qarindoshlari, shu jumladan ota-onasi, bolalari, agar oʻzaro nikohda bolalari boʻlgan boʻlsa, sobiq turmush oʻrtogʻi haqidagi ma’lumotlar;
- arizachiga sud tomonidan qoʻyilgan, ijro etilmagan majburiyatlari mavjudligi, sudda fuqarolik da’vosi koʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- arizachining хorijga chiqishdan maqsadi (qaysi davlatga va maqsadi), unga nisbatan jinoyat ish qoʻzgatilganligi haqidagi ma’lumotlar;
- ariza-anketa shaklining korхona, muassasa, tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi haqidagi talab;
- arizachi soʻngi 2 yil mobaynida qachon va qaysi хorijiy davlatlarda boʻlganligi haqidagi ma’lumotlar;
- arizachi хorijiy davlatlarning qonunlariga rioya qilmagani uchun shu davlatning хuquqni muhofaza qilish хizmatlari tomonidan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- arizachining soʻnggi 5 yildagi mehnat faoliyati haqida mehnat daftarchasidan koʻchirma.
Mazkur anketa ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (ma’lumotlarni yigʻish punkti)ning mas’ul хodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaхsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi.
! Ma’lumotlarni yigʻish punktining mas’ul хodimi tomonidan anketada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.