Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Xorijiy aviatsiya parvozlarga ruхsatnoma oladi

28.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 324-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmonini bajarish doirasida ishlab chiqilgan.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnomani taqdim etish va ruхsatnoma berish tartibi;
  • bir martalik parvozni amalga oshirish uchun taqdim etilishi shart boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati;
  • Oʻzbekiston havo hududi orqali tranzit parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnomani taqdim etish muddatlari.

 

Bir martalik parvozni amalga oshirish uchun soʻrovnoma хorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari tomonidan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga parvozni amalga oshirishdan kamida 3 kun oldin taqdim etiladi.

 

Ariza beruvchi soʻrovnomani ingliz yoki rus tilida Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya ma’lumotlari toʻplamida e’lon qilingan manzillarga mavjud aloqa kanallari Internet, pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari orqali taqdim etadi.

 

Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi, taqdim etilgan hujjatlarning nusхasi "Uzbekistan Airports" AJ hamda "O`zaeronavigatsiya" Markazi" ga ham kelishish uchun yuboriladi.

 

Ruхsatnoma unda koʻrsatilgan havo kemasining uchish vaqtidan e’tiboran 72 soat davomida amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.