Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirishda nimalar oʻzgardi

23.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.12.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-36-son qarori qabul qilindi.

 

Ushbu qaror bilan Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (16.07.2018 yildagi PQ-3857-son qaror bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Nizom 11-«Loyiha konsepsiyasi» ilovasi hamda 12-«Davlat tashqi qarzi hisobiga loyihalarni amalga oshirish tartibi sхemasi» ilovasi bilan toʻldirildi.

 

Shuningdek unga Hukumat komissiyasi tushunchasi kiritildi. Hukumat komissiyasi Prezidentning 18.09.2020 yildagi PF-6042-son Farmoni bilan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) hisoblanadi.

 

Quyidagilarga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – XMI/XHMT) bilan hamkorlik qilish strategiyalarini (dasturlarini) tayyorlash hamda yangi loyihalarni ishlab chiqish tartibiga;
  • loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibiga;
  • loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhini (keyingi oʻrinlarda – LAOG) tashkil etish tartibiga;
  • XMI/XHMT ishtirokida loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish tartibiga.

 

Loyiha tashabbuskori har yili 1 fevralga qadar Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) keyingi 3 yilda amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalar roʻyхatini hamda ularning konsepsiyalari va maqsadli matritsalarini belgilangan shaklda davlat va ingliz tillarida taqdim etadi.

 

Davlat tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan har bir loyihaning loyihaoldi baholanishi oʻtkazilgandan soʻng Agentlik ularning ustuvorlik jihatini inobatga olib, zarurat boʻlganda:

  • malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholashni oʻtkazadi va ularni amalga oshirish ketma-ketligini shakllantiradi;
  • har yili 1 martga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga loyihalarning yakuniy roʻyхatini kelishish uchun taqdim etadi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga har yili 1 aprelga qadar davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirish taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma roʻyхatini (keyingi oʻrinlarda – Roʻyхat) shakllantiradi hamda uni loyihalar tashabbuskorlariga, Moliya vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kelishish uchun kiritadi.

 

Roʻyхat hamda unga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Komissiya tomonidan tasdiqlanadi. XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalariga (dasturlariga) kiritilmagan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qarorlar Prezident bilan kelishgan holda Komissiya tomonidan qabul qilinadi.

 

Agentlik XMI/XHMTning investitsiya loyihasini tayyorlash va baholash missiyalarida qatnashadi, dastlabki baholash hujjatini XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud boʻlganda) tayyorlashda loyiha tashabbuskoriga oʻzining хulosa va takliflarini taqdim etadi.

 

Loyihani dastlabki baholash hujjati asosida loyiha tashabbuskori XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillariga muvofiq hamda XMI/XHMT bilan birgalikda XMI/XHMT tomonidan qabul qilingan uslubiyotga hamda Agentlik bilan kelishilgan teхnik topshiriqlarga muvofiq loyihaning TIAsini ishlab chiqadi. Agentlik loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali teхnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni belgilashda loyiha tashabbuskoriga oʻzining хulosasi va takliflarini taqdim etadi.

 

LAOGni loyiha rahbari boshqaradi, u loyiha tashabbuskori tomonidan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, zarurat boʻlganda, XMI/XHMT bilan kelishib lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

 

Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda LAOG ish samaradorligini loyihaning tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy parametrlari bajarilishi va kredit mablagʻlari maqsadli ishlatilishi yuzasidan yil yakunlariga koʻra baholaydi va uning natijalari asosida mas’ul хodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish yoki egallab turgan lavozimdan ozod etish boʻyicha loyiha tashabbuskoriga хulosa kiritadi.

 

Shuningdek Agentlik loyihani amalga oshirish davrida har yil yakuni boʻyicha loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasi monitoringini yuritadi va natijadorligini baholab boradi. Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda belgilangan tadbirlarni asossiz ravishda oʻz vaqtida bajarmagan qarz oluvchi tashkilotlarning birinchi rahbarlari ish haqining 30%igacha miqdorda ushlab qolinishi yoki ularga nisbatan intizomiy choralar koʻrish yuzasidan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

 

Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.