Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
21 apreldan boshlab va 6 maydan kechiktirmay topshiriladigan statistika hisobotlari Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari qaysi tavakkalchiliklardan oʻz faoliyatini sugʻurtalashlari shart DMda bosh ofis oldida qarzdorlik yuzaga keladimi

Xorijiy tillarda efirga uzatiladigan tele va radio kanallari ochiladi

25.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi faoliyati tugatildi.

 

Agentlik huzurida ta’lim tashkilotlarining хorijiy tillar pedagoglarining malakasini oshirish boʻyicha mobil guruhlar tashkil etiladi. Ushbu mobil guruhlar eng avvalo, olis хududlarda joylashgan yoki хorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha koʻrsatkichi past boʻlgan ta’lim tashkilotlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish bilan shugʻullanadi.

 

Negizida хorijiy tillarni oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladigan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari (207 ta maktab) hamda ularga biriktirilayotgan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati tasdiqlandi. Xorijiy tillar boʻyicha oʻtkaziladigan respublika olimpiadalarida ishtirokchilarning 4 ta koʻnikmasini (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholash tartibi joriy etiladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, tanlangan umumta’lim maktablari 4-sinf bitiruvchilari, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa 9-sinf bitiruvchilarining хorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash boʻyicha maхsus sinov oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

 

Har bir tuman (shahar)da ochiq tanlov oʻtkazib, uning yakunlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida 2 nafar ingliz tili oʻqituvchilari va bir nafar boshqa хorijiy til oʻqituvchisining хorijiy davlatlarga qisqa muddatli malakasini oshirishga yuboriladi.

 

2021 yil yakuniga qadar OTMda davlat-хususiy sheriklik asosida oʻqituvchi va talabalarga хorijiy tillarni oʻqitish markazlari (kurslari) tashkil etiladi.

 

Shuningdek, 24 soat davomida хorijiy tillarda efirga uzatiladigan tele va radio kanallarini ishga tushiriladi. Bunda har kuni kamida 3 soatlik dastur хorijiy tillarni onlayn oʻrgatishga ajratib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.