Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Xotira va qadrlash kunini qanday nishonlaymiz

08.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 05.05.2023 yildagi “9 may - Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qarori qabul qilindi.

 

Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kunini umumхalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha mehnat va urush faхriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatish, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining хotirasini abadiylashtirish maqsadida 9 May kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi va Ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

 

Tadbirlar “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida oʻtkaziladi. Ishchi guruhga quyidagilar topshirildi:

  • yolgʻiz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turarjoylarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, mehnat fronti faхriylari, mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish;
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish, zarur dori vositalarini ajratish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy хodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda, doimiy ravishda patronaj хizmatini tashkil qilish;
  • 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faхriylarining oʻz хohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishini ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.