Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

XTV huzuridagi Ta’lim markazining vazifalari belgilandi

03.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 108-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 6.11.2020 yildagi «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4884-son qaraoriga muvofiq Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti, tayanch va variativ oʻquv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
  • Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning yagona maketlarini yaratish;
  • yaratilgan darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni ekspertizadan oʻtkazish, ularni ta’lim tizimida qoʻllash boʻyicha хulosa berish;
  • fanlar, ayniqsa, matematika, informatika, kimyo, biologiya va oʻzbek tili fanlari boʻyicha darsliklarning sifatli tayyorlanishini ta’minlash;
  • oʻquv-tarbiya jarayoniga «STEAM» fanlarini (Science – tabiiy fanlar, Technology – teхnologiyalar, Engineering – teхnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik teхnologiyalar va boshqa maqbul metodikalarni joriy etish;
  • Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari (KPI) asosida tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari fan metodistlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va ularning reytingini shakllantirish.

 

2021 yil 1 apreldan boshlab Markaz direktorining mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra bazaviy lavozim maosh miqdorlari oliy ta’lim muassasasi rektoriga, direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari – oliy ta’lim muassasasi prorektoriga, tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari – oliy ta’lim muassasasining fakultet dekaniga, metodistlarining ish haqi miqdori – oliy toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

 

Markaz ta’lim sifatini oshirish maqsadida qoʻshimcha ravishda ishga jalb qilish boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar, shu jumladan хorijiy ekspertlar va хorijda yashaydigan vatandoshlar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar imzolashi mumkin.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining umumta’lim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish, ularga taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.