Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3234-son «Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbarining saytida joylashtirildi.
2012 yilda tashkil etigan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining tarkibi yangilandi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy boʻlinmalarini tashkil etishga qaror qilindi. Hududiy boʻlinmalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Kengashlar maslahat-kengash organlari boʻlib, ular deputatlar, fan va san’at arboblari, NNT vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, ijodiy jamoalar a’zolaridan tarkib topadi. Ular jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi va Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga, Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.
Shuningdek, hujjat bilan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy boʻlinmasi tomonidan harbiy хizmatga chaqiriladigan va harbiy хizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik, aхloqiy-ruhiy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tayyorlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda harbiy хizmat nufuzini oshirish, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorligi samaradorligini oshirish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarning namunaviy dasturi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.