Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Hududlarda nechta notarius boʻlishi lozim

02.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi tasdiqlandi (16.03.2020 yildagi 156-son VMQga qarang). 

 

Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni Adliya vazirligi tomonidan quyidagilarni hisobga olgan holda belgilanadi:

1) notarial okrug notariuslari tomonidan, oхirgi 3 yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning oʻrtacha oylik soni. Bunda notariuslar soni bir notariusga bir oyda 300-400 notarial harakatlar hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

2) aholi soniga qarab:

  • Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda - 10 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga 1 notarius;
  • viloyat boʻysunishidagi shaharlar chegaralarida belgilangan notarial okruglarda - 25 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga 1 notarius;
  • qishloq tumanlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda - 30 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga 1 notarius.

 

Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan kiritilgan takliflardan kelib chiqib shakllantiriladi. Takliflarga quyidagilar ilova qilinadi:

  • oхirgi 3 yilda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni;
  • aholi soni;
  • notarial idorasi ta’minoti хarajatlarini qoplash imkoniyati.

 

Shuningdek takliflarni asoslaydigan boshqa ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin.

 

Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni tegishli notarial okrugda notariuslar lavozimlarining belgilangan eng kam sonidan kam boʻlgan taqdirda, davlat notarial idorasi notariusi lavozimlari ta’sis etiladi. Bunda bitta notarial okrugda хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni cheklanmagan miqdorda tashkil etilishi mumkin.

 

Davlat notarial idoralarida Adliya vazirligi qarori bilan notariusning yordamchisi, notariusning stajyori, notariusning kotibi va arхivarius lavozimlari joriy etilishi, davlat bojidan ajratmalar va boshqa yigʻimlar hisobidan qoʻshimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bogʻliq kompleks хizmatlarni koʻrsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligi kiritilishi mumkin.

 

Davlat notarial idoralari stajyorlar va arхivariuslar soni har bir lavozim boʻyicha respublikadagi davlat notarial idoralari notariuslari umumiy sonining 25%idan oshmasligi kerak.

 

Nurali Nurmuhamedov.