Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning maхsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi

26.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.05.2022 yildagi «Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-141-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat barcha toifadagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, shuningdek, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning toʻlov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.

 

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

  • 2022 yil 15 iyundan boshlab хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maхsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi. Bunda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tugatilgan maхsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
  • maхsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochiladi va yopiladi;
  • maхsus maqsadli hisobvaraqlarni ochish va (yoki) yopish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank bilan majburiy ravishda kelishiladi.

 

Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatida ayrim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maхsus maqsadli hisobvaraqlardan vaqtincha foydalanishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlash topshirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.