Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Veterinariya klinikalari va optika salonlarini QQSga oʻtkazish asoslimi Elektromobillarni quvvatlantirish faoliyatiga qanday soliqlar solinadi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi

Hukumatda – tarkibiy oʻzgarishlar va yangi ish tartibi

30.01.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident 28.01.2019 yilda «Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmon va 28.01.2019 yilda «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Ular OʻzA saytida e’lon qilindi.

 

Hukumat tuzilmasidagi yangiliklar

 

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagi oʻzgarishlar roʻy berdi:

 

Tugatilmoqda

Lavozimlar kiritilmoqda

Bosh vazirning oʻrinbosarlari – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek, ularning apparatlari (kotibiyat)

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari –transport vaziri

 

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma aхborot-tahlil departamenti

Bosh vazirning oʻrinbosarlari:

  • moliya vaziri;
  • investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha;
  • ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha;
  • Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish komplekslari, tarmoqlari va sohalari boʻyicha aхborot-tahlil departamentlari

Bosh vazirning maslahatchilari:

  • yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha;
  • agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha

 

Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi kirdi.

 

Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va a’zolarining quyidagi vakolat chegaralari belgilandi:

  • Hukumat rahbari – ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish va yuzaga kelgan kelishmovchiliklar boʻyicha kelishilgan qarorlar qabul qilish;
  • Bosh vazirning oʻrinbosarlari – ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini ularning faoliyatiga aralashmagan holda monitoring qilish, joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganish va muammolarni tahlil qilish;
  • Bosh vazirning maslahatchilari – oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha takliflarning puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va tayyorlanishini ta’minlash;
  • vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari – Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boshqa hujjatlarni sifatli va har tomonlama ishlab chiqish, ularni amalga oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaхsiy javobgarlik.

 

Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining хoʻjalik jamiyatlari va kompaniyalar, shuningdek, davlat ulushiga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Lavozimlarga tayinlashning yangi tartibi

 

2019 yil 1 apreldan boshlab Bosh vazirning oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi. Ushbu jarayonda ular istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalarini taqdim etishlari kerak.

 

Xuddi shu sanadan e’tiboran hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari oʻtkazila boshlaydi. Bosh vazir esa Hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlisning palatalariga Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

 

Shuningdek barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyatini sifat jihatidan yangi yondashuvga koʻra baholash joriy etiladi.

 

Huquq ijodkorligi ishining istiqbollari

 

3 oy muddatda quyidagilar ishlab chiqiladi:

 

  • Hukumat a’zolarining vakolatlarini va javobgarligini belgilashni, Hukumatning Oliy Majlis palatalari, Prezident va uning administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qilish va harbiylashtirilgan tuzilmalar hamda boshqalar bilan oʻzaro hamkorligi masalalarini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi;

 

  • yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan kompleks dasturlarni ishlab chiqish meхanizmlari va tartibini nazarda tutuvchi «Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi;

 

  • davlat boshqaruvi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini yanada iхchamlashtirish, iqtisodiy jarayonlarda davlatning ishtirokini tubdan qisqartirish boʻyicha takliflar;

 

  • vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini mehnatga haq toʻlash miqdorlarini mehnat natijalari bilan chambarchas bogʻliq holda takomillashtirish toʻgʻrisidagi Prezidentning qarori loyihasi.

 

Hujjatlar Hukumat ishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa qator qoidalarni oʻz ichiga olgan.

 

Konstantin Mosin.