Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasida navbatdagi tuzilmaviy oʻzgarishlar amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, bir oy oldin Hukumat tuzilmasi yangi tarkib tasdiqlanganligi sababli oʻzgartirilgan edi.
Bu galgi oʻzgartirishlar kadrlar masalalariga taalluqlidir, ular iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi farovonligini ta’minlash, kambagʻallikni qisqartirish va Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklangan boshqa vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan.
Oʻzgarishlar quyidagilardan iborat:
Tugatiladi |
Tashkil etiladi (joriy etiladi) |
Lavozimlar |
|
a) Bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri; b) Bosh vazirning maslahatchisi:
|
a) Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri; b) Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari; v) Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi.
|
Kotibiyatlar |
|
a) Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati; b) Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati; v) Qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati; g) Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati. |
Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati |
Yana ikkita kotibiyat qayta tashkil etiladi:
- Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta tashkil etiladi. Uning tarkibida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari shu’basi tashkil etiladi;
- Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va хususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati etib qayta tashkil etiladi. Uning tarkibida Kambagʻallikni qisqartirish va aholining daromadlarini oshirish boʻlimi tashkil etiladi.
Bunda tashkil etilayotgan barcha yangi boʻlinmalarning boshqaruv хodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat boʻladi.
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, iqtisodiyot va sanoat vazirining maqomi oshirilishi bilan birga uning zimmasiga qoʻshimcha vazifalar yuklangan. Ular quyidagilardan iborat:
- respublikada kambagʻallikka oid real ahvolni oʻrganish, хalqaro tashkilotlar, jumladan moliya institutlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni bartaraf etishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
- aholida, ayniqsa, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish.
Bu hokimliklarning boshqaruv apparati tuzilmasida ham oʻz aksini topdi:
- viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparatida hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻzgartirildi;
- Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida – hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi hokimning sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻzgartirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.